
Xitoy Superligasidan keyingi o‘rinda turuvchi chempionatning 2-tur bellashuvlari yakunlandi.
Tur doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi “Chanchun Yatay” mehmonda “Xuakayer FK” bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Aytish joiz, 38-daqiqadan boshlab mezbonlar bir kishi kam bo‘lib harakat qilishdi. Gu Szyunsze qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgan.
Mazkur muvaffaqiyatdan keyin Babayan shogirdlari “C” guruhida 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi.
“Chanchun Yatay” keyingi turni 20 sentabr kuni “Nantong Jiun”ga qarshi o‘tkazadi.
“Xuakayer FK” – “Chanchun Yatay” 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: Di Gao 9, Tan Long 82
Chetlatish: Gu Szyunsze 38

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar