Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov 9 noyabr kuni Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi.
Ahmadjonov Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi qo‘mitasi a’zosi Ziyovuddin Hojiniyazov hamrohligida BAA futbol assotsiatsiyasi (UAEFA) prezidenti Rashid bin Humaid Al-Nuaymi va Ajman shahri meri bilan uchrashgan.
Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilgan. UAEFA bilan bir necha yillik do‘stlik aloqalariga ega Ahmadjonov o‘z so‘zida assotsiatsiyaning BAA, Osiyo va jahonda futbolni rivojlantirishga intilishini e’tirof etgan. U shuningdek to‘rt yil oldin O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar dasturi, xususan sport va futbolga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtalgan.
Umid Ahmadjonov, shuningdek, Osiyo Olimpiya Kengashi shayx Ahmad Al-Fahad as-Saboh rahbarligida pandemiya davrida butun Osiyo bo‘ylab sport harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganini qayd etgan.
Tomonlar yakdil qiziqish bildirgan boshqa mavzularda ham muzokaralar olib borib, o‘rtadagi sermahsul hamkorlik davomli bo‘lishiga umid bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi