Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov terma jamoaning asosiy muammosi haqida gapirdi.
- "Ha, ko‘pincha gol o‘tkazib yuboramiz. Bunga sabab qilib himoyachilarning birga bir vaziyatda o‘ynay olmasligini ko‘rsatish mumkin. Muammo bolalar futbolidagi murabbiylarga borib taqaladi. Afsuski, ular bolalarni birga bir o‘ynashga o‘rgatmaydi. Bizda bolalar futbolida ham bitta hujumchi bilan o‘ynaladi va unga qarshi to‘rtta himoyachi o‘ynaydi. Shu sabab ular sifat emas, son evaziga himoyalanadi. Birga bir vaziyatda o‘ynashni o‘rganmagani kattalar futbolida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
«Bunyodkor»da shunday salohiyatga ega futbolchi bormi? Albatta, menimcha, Islom Qobilov so‘nggi vaqtlarda bu borada o‘sishga erishdi. Klubga kelgan vaqtim himoyachilarni sinovdan o‘tkazdim. Shunday mashq bor, hujumchi va himoyachi birga bir vaziyatda bellashadi. To‘g‘risini aytsam, Qobilov to‘pni qanday olib qo‘yishni bilmasligi men uchun «syurpriz» bo‘lgan. Juda hayron qolgandim, bu meni shok holatiga tushirgandi. Axir, u olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchisi edi", - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi