Foto: Getty Images
Hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (8-1-0, 5 KO) 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Fazliddinga Pyatigorsk shahrilik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) raqiblik qildi.
Fazliddin raqibining aniq zarba berishiga imkoniyat qoldirmadi. Sakkiz raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan jangning 3–raundida Dilanyan jigariga berilgan kuchli zarbadan so‘ng referi hisobni ochdi. Uni tanaffusga chalingan bong qutqarib qoldi.
Butun jang davomida ustunlik qilgan o‘zbekistonlik bokschi hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilindi.
G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi