date

Shamsiddinov bir yilga futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi

Shamsiddinov bir yilga futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi

Tailanddagi “Qirol Kubogi” doirasidagi Koreyaga qarshi uchrashuvdagi mojaro sabab O‘zbekiston futbol federasiyasi Shuhrat Maqsudovni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etdi.

Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi ma’lum muddat ichida tayinlanadi.

2015 yilning 1 fevralida Koreya terma jamoasiga qarshi o‘yinda sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari bilan raqib o‘yinchisiga qo‘l ko‘targani va bu ishi bilan mamlakat sha’niga dog‘ tushishiga sababchi bo‘lganligi uchun Tohir Shamsiddinov O‘FF “Tartib-intizom kodeksi”ning tegishli bandlariga asosan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safidan o‘chirildi va bir yil muddatga har qanday ko‘rinishdagi futbol faoliyatidan chetlatildi.

O‘zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramovga futbolchilarni mazkur musobaqaga ma’nan, ruhan va jismonan etarli darajada tayyorlay olmaganligi, terma jamoada intizomni mahkam tutmaganligi, shuningdek, xalqaro OAVning tanqidiy chiqishlariga sababchi bo‘lganliklari uchun qattiq ogohlantirish oldilar.

O‘zbekiston Professional futbol ligasiga barcha futbol klublarining rahbariyati vakillari bilan uchrashib, ularga futbolchilarni ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy va jismoniy tayyorlash ishlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratish birlamchi vazifa ekanligini ma’lumot sifatida etkazish vazifasi yuklandi.

O‘zbekiston futbol federasiyasi ushbu masala yuzasidan boshqa izoh bermaydi.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shamsiddinov bir yilga futboldan chetlatildi, Maqsudov vazifasidan ozod etildi