O‘zbekiston professional futbol ligasi logotipi o‘zgardi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Bilasiz, joriy yildan e’tiboran O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z bayrog‘i ostida tashkil etiladigan barcha musobaqalar uchun alohida logotip ishlab chiqdi. Natijada, O‘zbekiston kubogi va mamlakat Superligasi bilan bir qatorda endilikda ayollar chempionati, futzal chempionati, shuningdek, Pro-liga hamda Birinchi liga bahslari ham o‘sha musobaqaning o‘z ramzi orqali ifodalab kelinmoqda. Mazkur jihat o‘zbek futboli jamoatchiligiga manzur bo‘lgani quvonarli hol, albatta.
Milliy musobaqalarning tashkiliy jihatlarini yangi bosqichga olib chiqish, teletranslyatsiyalar va marketing masalalariga yanada jiddiy e’tibor qarata boshlagan O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu yo‘lda tashkilot ramzini ham rebrending qilishni dolzarb, deya hisoblaydi", - deyiladi xabarda.
Logotipning ommabopligi hamda tez tanilishini ta’minlash, qolaversa zamonaviy dijital platformalarda foydalanishga yanada qulay bo‘lishi maqsadida O‘zPFLning yangi ramzi ishlab chiqildi.
Endilikda O‘zPFL musobaqalariga oid yangiliklar yoritiladigan OAVda, chempionat uchrashuvlarining turli banner va roliklarida, reklama-e’lonlarida, O‘zbekiston chempionati ishtirokchi jamoalari liboslarida va boshqa faoliyatda yangi logotipdan foydalaniladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi