Hasanboy Do‘stmatovning professional boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Hasanboy Do‘stmatovning professional boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (1-0, 1 KO) 24 dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda mezbon sportchi Pavel Gunchenko raqiblik qiladi. Jang super yengil vazn toifasida (-52,1 kg) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov professional boksda 2019 yil 16 noyabrda debyut qilgan. Unda Hasanboy meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raunddayoq nokautga uchratgan.

Pavel Gunchenko uchun ham bu professional boksadagi ikkinchi jang bo‘ladi. Rossiyalik sportchi ilk jangini Damir Abduqodirga o‘tkazib, uni ochkolar evaziga mag‘lub etgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar