23:12 / 21.12.2020
3 235

Hasanboy Do‘stmatovning professional boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Hasanboy Do‘stmatovning professional boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
Foto: Instagram
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov (1-0, 1 KO) 24 dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda mezbon sportchi Pavel Gunchenko raqiblik qiladi. Jang super yengil vazn toifasida (-52,1 kg) bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov professional boksda 2019 yil 16 noyabrda debyut qilgan. Unda Hasanboy meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevani 2-raunddayoq nokautga uchratgan.

Pavel Gunchenko uchun ham bu professional boksadagi ikkinchi jang bo‘ladi. Rossiyalik sportchi ilk jangini Damir Abduqodirga o‘tkazib, uni ochkolar evaziga mag‘lub etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘stmatovning professional boksdagi ikkinchi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi