Yakuniga yetgan mavsumda qiyin iqtisodiy ahvoliga qaramasdan, yuqori natijalarga erishgan Qarshining «Nasaf» jamoasi moliyaviy muammolar iskanjasida qolgan. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, klubdagi vaziyat izdan chiqqan.
Pandemiya davrida boshqalar kabi moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan Qashqadaryo klubi futbolchilar oldidagi 6 oylik qarzlarining yarmini deyarli ikki oy muqaddam uzishga erishgan. Biroq qolgan qismi haqida hozircha hech qanday gap yo‘q.
Shaxsi sir tutilishini so‘ragan Sports.uz manbasi tomonidan ma’lum qilinishicha, klub bosh menejeri Sergey Kucherenko 28 dekabrda vataniga jo‘nab ketishi va ungacha to‘liq qarzlar hamda mukofot pullarini to‘lab berishni va’da qilgan. Amalda esa, yuqorida aytib o‘tilgan hech bir ishni bajarmay, yurtiga «qochib ketgan».
Rahbariyatning va’dalariga ishongan holda, bir qator futbolchilar kun ko‘rish uchun turli manbalardan qarz olishga majbur bo‘lishgan. Hatto, muddati kechikkanligi sabab ba’zilarning uyiga MIB xodimlari borgan.
Shuningdek, qarshiliklar kumush medallarni taqish marosimlarini ham o‘tkazishmagan, futbolchilarga medallar berilmagani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi