"Lokomotiv" futbol klubi bosh shifokori Abror Pirriyev telegram kanalida futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligini yozdi.
"Yig‘inni ham boshlay deb turibmiz. Yangi bosh murabbiy ham yetib keldi. Endi tibbiy ko‘rik (so‘ngra tabiiy ko‘rik).
Qay futbolchining qaysi jamoa bilan shartnoma tuzganini bilmadimu, o‘tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida bo‘lgan ikki va "Bunyodkor"da to‘p surgan uch to‘ptepar biz bilan mavsum oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga hozirlangani bor gap.
Qay jamoa tomon yo‘l olishmasin barcha futbolchilar unumli yig‘in o‘tib, sog‘-salomat chempionat boshlanishiga yetib olishlariga tilakdoshman.
Barchamizga omad![i][/i]", - deb yozadi shifokor telegram-kanalida.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor"ning o‘sha uch futbolchilari - Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov hamda Abdumavlon Abdujalilov hamda o‘tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida harakat qilgan Sadriddin Abdullayev hamda Javohir Sidiqov "Lokomotiv"ga o‘tishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin