17:49 / 10.01.2021
2 456

"Bunyodkor"ning uch, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Lokomotiv"ga o‘tmoqda

"Bunyodkor"ning uch, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Lokomotiv"ga o‘tmoqda
"Lokomotiv" futbol klubi bosh shifokori Abror Pirriyev telegram kanalida futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakligini yozdi.
"Yig‘inni ham boshlay deb turibmiz. Yangi bosh murabbiy ham yetib keldi. Endi tibbiy ko‘rik (so‘ngra tabiiy ko‘rik).

Qay futbolchining qaysi jamoa bilan shartnoma tuzganini bilmadimu, o‘tgan mavsum "Paxtakor" tarkibida bo‘lgan ikki va "Bunyodkor"da to‘p surgan uch to‘ptepar biz bilan mavsum oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga hozirlangani bor gap.

Qay jamoa tomon yo‘l olishmasin barcha futbolchilar unumli yig‘in o‘tib, sog‘-salomat chempionat boshlanishiga yetib olishlariga tilakdoshman.
Barchamizga omad!
[i][/i]", - deb yozadi shifokor telegram-kanalida.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor"ning o‘sha uch futbolchilari - Islom Qobilov, Sanjar Qodirqulov hamda Abdumavlon Abdujalilov hamda o‘tgan mavsumda "Paxtakor" tarkibida harakat qilgan Sadriddin Abdullayev hamda Javohir Sidiqov "Lokomotiv"ga o‘tishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor"ning uch, "Paxtakor"ning ikki futbolchisi "Lokomotiv"ga o‘tmoqda