18:48 / 14.01.2021
2 163

«Jenoa» A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?

«Jenoa» A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?
Davide Ballardining kelishi bilan «Jenoa» ijobiy natijalar ko‘rsata boshladi: 2 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat. 4 uchrashuvda 7 ochko to‘plandi. Jamoaning sobiq murabbiyi Rolando Maran esa 13 uchrashuvda shuncha ochko to‘plagandi. Bu natijalar Genuya klubiga xavfli zonani tark etib, o‘zi orzu qilgan 17-o‘ringa ko‘tarilishga imkon berdi.

Xo‘sh, jamoa muvaffaqiyati sirlari nimada? «Zona trekvarti» blogi quyida shu haqida fikr yuritadi.

— Himoyada Ballardini Ivan Radovanovichga ishonch bildirdi. 32 yoshli serb shunchalik kamtarinki, hatto ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari ham yo‘q. Ammo u himoyada yaxshi o‘yin namoyish etmoqda va maydonda asosiy rollardan birini bajarmoqda. Radovanovich asli yarim himoya markazida o‘ynardi. Endilikda esa u mudofaa markaziga o‘tkazildi. Hozircha jamoa Maran davridagidan o‘rtacha ikki baravar kamroq gol o‘tkazmoqda.

— Yarim himoya markazidagi Badel-Zays-Lerager uchligi 3-5-2 sxemasining yana-da foydaliroq bo‘lishini ta’minlamoqda. Italiyaga qaytgan sloveniyalik Mixa Zays ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni boshladi. Ushbu 26 yoshli ijodkor yarim himoyachi to‘pni raqib darvozasi tomon harakatlantirishni juda yaxshi uddalamoqda.

— Destroning porlashi. «Men uchun u har doim sof iste’dod egasi bo‘lib kelgan», — deydi hujumchi haqida Ballardini. — So‘nggi uchta o‘yinda u doim o‘yin markazida bo‘ldi, u o‘smoqda». Darhaqiqat, 29 yoshli hujumchi dekabr oyining o‘rtalaridan beri doimiy ravishda gol urib kelmoqda. Hozirda uning hisobida 6 ta gol mavjud. U oxirgi marta bunday samaradorlikni 2017/18 yilgi mavsumda namoyish etgandi.

Foto: Getty Images
— Tezligi, driblingi va ajoyib uzatmalari tufayli «o‘zbek Messisi» nomini olgan Eldor Shomurodovning asosiy tarkibdan joy olishi ham jamoa muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 9 yanvar, shanba kuni «Jenoa» «Bolonya»ni mag‘lubiyatga uchratdi, Shomurodov esa qanotdan ajoyib reydni amalga oshirdi, yakunda bu jamoaning muhim bo‘lgan birinchi goliga olib keldi.

Foto: Twitter
— «Biz yaxshilashimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p, ammo men futbolchilarning intiluvchanligidan mamnunman. Biz to‘xtamasligimiz lozim. To‘p bilan ko‘proq individual harakat qilishimiz va qarorlar qabul qilishimiz kerak. Biz yaxshi himoyalangan holda to‘pni nazorat qilishga ham e’tibor qaratishimiz zarur. Dangasaligimiz bizni boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq yugurishga majbur qiladi».

«Jenoa»da juda ko‘plab o‘yinchilar yig‘ilgan, bular orasida ko‘plab iste’dodli yoshlar ham bor — Skamakka, Rovella, Chiborra, Gilone, Pellegrini. Ular ham jamoaga ma’lum bir tetiklikni olib kelishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, transfer bozorida yana bir qancha futbolchilarning jamoaga kelishi kutilmoqda. Jamoa hozirda himoya va o‘rta chiziqda bir nechta malakali o‘yinchilarga muhtojlik sezmoqda. «Jenoa» so‘nggi mavsumlarda faqat elitada jon saqlash uchun kurashdi, ammo iste’dodli yoshlar hamda ijodkor tajribali futbolchilar yaqin kelajakda klubning mavqeyini yaxshilashi lozimdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Jenoa» A Seriyada xavfli zonadan chiqib oldi. Jamoa muvaffaqiyatlari siri nimada?