Foto: Instagram
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik sportchilar Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) va Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) ijtimoiy tarmoqda o‘zaro tortishib ketdi. Ergashev Instagram sahifasiga mashg‘ulot vaqtidagi videolaridan birini joyladi. Shahram post ostida olqishlovchi emojilar bilan sharh qoldirdi.
Shohjahonning mana bu gaplaridan keyin esa tortishuv boshlandi: «Rahmat, yaxshi tayyorlan. Qachondir baribir jang qilamiz, revansh olarsan. U vaqtda senga oson bo‘lmaydi, qattiq tayyorlan».
G‘iyosov ham shunga yarasha javob qaytardi: «Menga qarshi jang qilish uchun, senga hali ancha bor... Senga bunda 60 kilogrammlik temirlar yordam berolmaydi, yaxshiroq shug‘ullan».
Shundan keyin sportchilar bir birini saviyasiz raqiblar bilan jang qilib yurganligini qayd etdi.
«Kimlarni urib yurganingni ko‘rdik. Sal pastroq tush. Kel, vaqtga qo‘yib beraylik, ring ko‘rsatsin. Inshaalloh, hisob 2:0 bo‘ladi», — deya avvalroq Shahramni yenganiga shama qildi Ergashev.
Bunga javoban G‘iyosov bu masala ringda hal bo‘lishini aytdi: «Men endi gapirmay kimlar bilan jang qilib yurganingni. Uyat kerak, katta gapirishga. Ringda gaplashamiz!».
Skrin: Instagram
Ma’lumot uchun, har ikki bokschi super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ishtirok etadi. Mazkur divizionning WBA yo‘nalishi reytingida G‘iyosov 6-o‘rinni egallab turibdi, Ergashev esa 8-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Ergashev 2019 yilda havaskor boksda G‘iyosovni mag‘lub etgani haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas