20:27 / 11.02.2021
1 516

TikTok ijtimoiy tarmog‘i Yevro—2020 rasmiy hamkoriga aylandi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i Yevro—2020 rasmiy hamkoriga aylandi
Foto: Twitter
TikTok ijtimoiy tarmog‘i UYEFA bilan hamkorlikni boshladi. Ko‘ngilochar portal Yevro—2020 musobaqasining rasmiy hamkoriga aylandi. Hamkorlik doirasida TikTok tematik AR-effektlar, heshteg-chellenjlar, jonli efirlar va rasmiy ovozlardan iborat videolarni joylaydi.

UYEFA TikTok’da rasmiy akkauntini ochadi va unda o‘zining eksklyuziv kontentini e’lon qilib boradi. Ta’kidlanishicha, TikTok Yevropa chempionatining rasmiy hamkoriga aylangan ilk ko‘ngilochar mobil ilova bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro—2020 musobaqasi aslida 2020 yilning yozida mintaqaning 12 shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab musobaqa 2021 yilning yoziga qoldirilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » TikTok ijtimoiy tarmog‘i Yevro—2020 rasmiy hamkoriga aylandi