O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya’ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlari va kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha say-harakatlarni davom ettirmoqda.
O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida O‘FA hakami Olim To‘ychiboyev bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA veb-saytida xabar berildi.
Qo‘mita tomonidan Olim To‘ychiboyev O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 1 (bir) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilindi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarda “Dinamo” PFK vakillarining ishtiroki ham aniqlanib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, mazkur yig‘ilish qarori bilan Buxoro viloyati 2-liga musobaqasi ishtirokchisi “Olot Istiqlol” futbolchisi N.Xasanov “Buxoro-W” ayollar futbol klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan ularni haq yevaziga totalizatorda ishtirok etishga undagani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.44., 5.53. va 5.60. bandlariga asosan bir yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.
Mazkur qarorlar O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi