Foto: Instagram
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (26-5) boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Floyd Meyvezerdan nimani o‘rgandim? Ko‘p narsani, biznesni! U aslida Instagram yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringani kabi emas, u hayotda butkul boshqacha.
Nasib qilsa, O‘zbekistondagi Humo Arena’da katta musobaqa o‘tkazsak, Meyvezer va ko‘plab boshqa chet ellik yulduzlarni olib kelamiz. Meyvezerga O‘zbekistonning mehmondo‘stligini ko‘rsatamiz, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlariga olib boramiz, albatta. Har bir shaharda o‘sha viloyatning palovi bilan mehmon qilamiz", - dedi Mahmud Murodov.
Murodov shu vaqtga qadar UFC’da uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan. So‘nggi bor u UFC 257 musobaqasining asosiy kardida amerikalik Endryu Sanchesga (12-6) qarshi jang qilgan va uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Shuningdek, Mahmud UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni (12-4) ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni (15-10) uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik sportchi Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...