20:53 / 10.03.2021
2 018

Qarshidagi dramatik kechgan bahsda "Paxtakor" g‘alabani ilib ketdi

Qarshidagi dramatik kechgan bahsda "Paxtakor" g‘alabani ilib ketdi
Bugun Qarshidagi markaziy stadionda "Nasaf" klubi 1-tur doirasida Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qildi. O‘ta qizg‘in va gollarga boy o‘tgan bahs "Paxtakor"ning kambeki evaziga 2:3 hisobida yakunlandi.

"Nasaf"ning 2 goliga Shohmalik Komilov va Shokir Yo‘ldoshev mualliflik qilgan bo‘lsa, "Paxtakor"ning 3 goli Sardor Rashidov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev hamda Akmal Mozgovoy (avtogol) nomiga yozildi.

Shu tariqa, "Paxtakor" o‘ta dramatik kechgan bahsda ajoyib qaytish amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi. "Nasaf" muxlislariga esa hamdardlik bildiramiz.

"Nasaf" – "Paxtakor" 2:3
Gol:
35 -Shohmalik Komilov 1:0, 61 -Shokir Yo‘ldoshev 2:0, 71- Sardor Rashidov 2:1, 80 - Akmal Mozgovoy (avtogol), 87 - IbrohimHalil Yo‘ldoshev 2:3

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Husniddin Aliqulov, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 15.Jo‘rabek Mannonov, 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 50.Shohmalik Komilov (20.Suxrob Nurulloyev, 80), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 25.Muhriddin Zoirov, 70.Abubakr Rizo Turdialiyev, 71. Jasur Jumayev.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Xojiakbar Alijonov (6.IbrohimHalil Yo‘ldoshev, 69), 5.Anzur Ismoilov, 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (18.Hojimat Erkinov, 46), 9.Eren Derdiyok, 10.Dragan Cheran (19.Sharof Muhitdinov, 66), 11.Yegor Krimes, 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 17.Sherzod Temirov, 23.Sherzod A’zamov.

Ogohlantirish: Abror Ismoilov - 22, Dragan Cheran - 40, Yegor Krimes- 48, Shohmalik Komilov - 74, Jo‘rabek Mannonov -83.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qarshidagi dramatik kechgan bahsda "Paxtakor" g‘alabani ilib ketdi