Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi 18-jangini o‘tkazdi

Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi 18-jangini o‘tkazdi
Professional boksning yarim o‘rta (66.6 kg) vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan hamyurtimiz uzoq tanaffusdan so‘ng, yana ringga ko‘tarildi. AQSHda o‘tkazilgan ushbu jangda Abduqahhorovga puerto-rikalik Xavyer Flores (15-3) raqiblik qildi.

Quvonarlisi yurtdoshimiz jangning 8-raundida raqibini texnik nokautga tushira oldi va mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirdi. Ya’ni, Abduqahhorov professional faoliyatidagi 18- g‘alabasiga erishdi. Shu vaqtga qadar u 17 ta jangning barchasida zafar quchgandi. Shuningdek, yurtdoshimiz Sampson Levkovich boshchiligidagi yangi promouterlik kompaniyasi tashkil qilib bergan ilk jangida ringga ko‘tarildi.

Mazkur g‘alaba bilan bokschimiz va uning murabbiylarini muborakbod etamiz!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar