
Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Amin Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib keladigan yurtdoshimiz Habib Nurmagomedovga tegishli EFC (Eagle Fighting Championship) promoushenida oktagonga ko‘tariladi.
Unga rossiyalik Dmitriy Xvalchenko raqiblik qiladi. Rus jangchisi faoliyati mobaynida 4 ta jang o‘tkazgan va ularning ikkitasida g‘alaba qozongan. Ikki bora esa muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Hamyurtimining rekordi esa 10-4 ko‘rinishga ega. Mazkur to‘qnashuv 6 aprel kuni Moskva shahrida tashkil etiluvchi “EFC 35” turnirida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing