Toshkent shahridagi "Humo Arena"da professional boks oqshomi o‘tkazilmoqda. Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oqshom doirasida tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o‘tkazdi.
10 raundga mo‘ljallangan jang vakant bo‘lib turgan WBA International kamari uchun o‘tkazildi va raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Hasanboy shu kungacha prof ringda 2 marta jang qilib, ularning har ikkisida raqibini nokautga uchratgandi.
Professional boksdagi uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlagan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.
"G‘alaba qozonganimdan xursandman. O‘ylagan maqsadimga erishdim. Murabbiylar va muxlislar ishonchini oqladim deb o‘ylayman. Bu boshlanishi va hali yangi O‘zbekiston uchun chiroyli g‘alabalarni taqdim etamiz. Ochig‘ini aytaman, ringga nokautni o‘ylab tushmagandim. Professional boks havaskordan farq qiladi.
Qolaversa, raqibim aynan professional boksda mendan ko‘ra tajribaliroq edi. Professional boksda 11 ta jang o‘tkazgan, reytingda 23-o‘rinni egallab turgandi. Endi reja bo‘yicha 3-4 oydan so‘ng bugun qo‘lga kiritgan kamarimni himoya qilishim kerak. Menejerlarim tezroq jang berishadi degan umiddaman", - dedi Do‘smatov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi