Xabaringiz bor, kecha tunda Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvlariga start berilgan edi. Parijda bo‘lib o‘tgan PSJ - "Bavariya" bahsida Levandovskisiz qolgan nemislar Shupo-Motingning yagona goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Biroq mehmondagi gollar hisobiga parijliklar keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Pandemiya sababli Sevilyada o‘tkazilgan "Chelsi" - "Portu" uchrashuvida esa yarim finalchi nomi 1-o‘yinning o‘zida deyarli hal bo‘lib ulgurgan edi. O‘yin "Portu" a’zosi Mexdi Taremining so‘nggi daqiqalarda urgan supergoli bilan yakunlandi. 2 uchrashuv bo‘yicha umumiy hisob esa - 2:1. "Chelsi" - yarim finalda!
Bugun chorak finalning yana ikkita javob bahsi o‘tkaziladi. Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida "Borussiya" "Manchester Siti"ni qabul qilsa, "Enfild"da "Real" Madrid "Liverpul" mehmoni bo‘ladi. Ikkala uchrashuvda ham intriga saqlanib qolgan, kichik ustunlik "Siti" hamda "Real"da (2:1; 3:1). Biroq "Borussiya" ham, "Liverpul" ham mehmonda gol urishga muvaffaq bo‘lgan, bu ularga bugun asqotishi mumkin.
00:00 dan boshlab FutbolTV hamda UzreportTV telekanallarida ushbu uchrashuvlarni tomosha qilishingiz mumkin. Maroqli tomosha tilaymiz! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz!
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi