«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino londonliklar boshqaruvini tark etadi. «Shporlar» rahbariyat portugaliyalik mutaxassisni iste’foga chiqargan, deya xabar qilmoqda The Athletic.
Shuningdek ushbu xabar boshqa bir qator OAV tomonidan ham tasdiqlandi. Xabarlarga ko‘ra, Mourinoning iste’fosi «Tottenhem»ga 30 million funtga tushadi.
«Tottenhem» Premer Liga so‘nggi 6 o‘yinida faqat bitta g‘alaba qayd etgan (2 durang, 3 mag‘lubiyat). Jamoa 32-turdan keyin 50 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Bundan tashqari londonliklar Yevropa Ligasida «Dinamo Zagreb» to‘sig‘idan o‘ta olmay, 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
Mourino «Tottenhem»ga 2019 yilning noyabrida kelgandi. U jamoada Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallagandi. 2019/20 yilgi mavsumni jamoa 6-o‘rinda yakunladi. U faoliyati davomida “Portu”, “Chelsi”, “Real”, “Inter” va “Manchester Yunayted” singari grand klublarni boshqargan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"