20:41 / 23.04.2021
2 108

Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi javob bahsidan oldin nimalar dedi?


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida AGMK "Shabab Al-Ahli" bilan bahs olib boradi. Ushbu to‘qnashuv oldidan olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Avvalambor, Assalomu alaykum. Ekvatordan o‘tib oldik. Buyog‘iga bizni yanada og‘ir o‘yinlar kutmoqda. Sababi, futbolchilarda toliqish ham bo‘lishi mumkin. Biz uchun "Shabab Al-Ahli"ga qarshi bellashuv juda muhim o‘yin. Oson bo‘lmaydi. Lekin guruhdagi holatimizni yaxshilab, ochkolarni jamg‘arib olish uchun imkoniyatimiz bor. Ertaga ham muxlislarimizni xursand etish uchun maydonga chiqamiz".

— O‘tgan o‘yinga nisbatan ertangi bahsda o‘zgarishlar bo‘ladimi? Qanday o‘zgarishlarni kutish mumkin?
— Ertangi o‘yinda katta o‘zgarishlar bo‘lmasa kerak. O‘ylashimcha, darvoza o‘lchami va maydon sig‘imi ham o‘zgarmasa kerak. Albatta, bu hazil. Avval aytganimdek, futbolni majburan o‘ynab bo‘lmaydi. Kuchli xohish va ishtiyoq bilan yurakdan o‘ynash kerak. Ikki kun oldin o‘ynadik. Muhimi, ertangi bahsda kamroq xato qilib, ko‘proq vaziyatlar yaratish hamda raqibni xato qilishga majburlab, yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanish. Va albatta, darvozabonlarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Ular qancha ko‘p jamoani qutqarsa, bu futbolchilarga o‘yin davomida katta yengillik va ishonch beradi", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi javob bahsidan oldin nimalar dedi?