
Avval xabar berganimizdek, Toshkent Osiyo Chempionlar ligasining Sharqiy mintaqasi "H" va "I" guruh o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, 25 iyundun 11 iyulga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkazilishi belgilangan ushbu o‘yinlar poytaxtimizdagi 2 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Bular “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” stadionlaridir.
"N" guruhi: "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Chonbuk Motors" (Janubiy Koreya), "Sidney" (Avstraliya), "Tampins Rovers" (Singapur).
"I" guruhi: "Beyszin Goan" (Xitoy), "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Yunayted Siti" (Filippin).
Shuningdek, poytaxtimiz "Tegu" va "Chiangray Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi pley-off bahsiga ham mezbonlik qiladi. Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi 4-ishtirochki sifatida "I" guruhida qatnashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar