21:04 / 12.05.2021
2 486

Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi


O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim yakunida faollikni oshirgan "sherlar" Diyor Xolmatov hamda Eren Derdiyok tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. 62-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Cheran jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Shu tariqa, "sherlar" ochkolari sonini 19 taga yetkazib olgan holda, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 5-pog‘onadagi "Qo‘qon-1912" hisobida 12 ochko bor.

PAXTAKOR – QO‘QON-1912 3:0
Gol:
39 - Diyor Xolmatov 1:0,  45+2 Eren Derdiyok 2:0, 62- Dragan Cheran 3:0

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 34.Farrux Sayfiyev, 23.Sherzod A’zamov (16.Marlen Chobanov, 88), 5.Anzur Ismoilov (S), 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev (3.Xojiakbar Alijonov, 75), 21.Abror Ismoilov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (19.Sharof Muhiddinov, 79), 18.Xojimat Erkinov, 10.Dragan Cheran, 28.Diyor Xolmatov ( 8.Aziz Turg‘unboyev,79), 9.Eren Derdiyok(99.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 88).
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 14.Xumoyunmirzo Iminov, 17.Sherzod Temirov, 42.Abbos Fayzullayev.

"Qo‘qon-1912": 46.Xurshid Xo‘jayev, 5.Slavko Lukich(14.Avaz Mamatxo‘jayev,61), 7.Asadbek Sobirjonov, 8.Farhod Bekmurodov, 10.Shohnazar Norbekov (99.Andrey Sidorov 75), 11.Mo‘min Meliyev(15.Oybek Rustamov,46), 20.Iqbol Malikjonov(91.Yakuba Bamba,46), 22.Muhammadanas Hasanov(13.Sardor Azimov, 46), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 3.Bobir Akbarov, 9.Hamidullo Abduhamidov, 18.Anvar Hojimirzayev.
Ogohlantirish: Ibrohim Halil Yo‘ldoshev (50), Oybek Rustamov (62).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" peshqadamlikni qo‘lga oldi