21:43 / 16.05.2021
2 035

«Ufa» avtogol evaziga g‘alaba qozonib, RPLda qolish masalasini uddaladi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premer Ligasining so‘nggi 30-turida «Ufa» 16 may, yakshanba kuni o‘z maydonida Tulaning «Arsenal»ini qabul qildi.

Uchrashuv «Ufa»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida Oleg Ivanov gol muallifi bo‘ldi, yana bir vaziyatda esa Maksim Belyayev o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. «Arsenal»ning javob to‘pi esa Evans Kangva hisobiga yozildi.

Mazkur bahsda ufaliklar safida harakat qiladigan Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushib, 20-daqiqada jarohati tufayli maydonni erta tark etdi. Hozircha uning jarohati haqida ma’lumot berilgani yo‘q.

Shu tariqa «Ufa» so‘nggi turga kelibgina Rossiya Premer Ligasida qolish masalasini uddaladi. «Zenit» muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan bo‘lsa, «Rotor» va «Tambov» yuqori divizionni tark etdi.

«Ufa» – «Arsenal Tula» 2:1
Gollar:
1:0 – 8 Ivanov, 1:1 – 33 Kangva, 2:1 – 43, avtogol Belyayev.
«Ufa»: Belenov, Bauer, Yokich, Tabidze (Morozov, 46), Mrzlyak (Sisuyev, 75), Kamilov, Miletich, O‘runov (Jamaletdinov, 21; Krotov, 75), Ivanov, Nikitin, Andrich (Golubev, 84).
«Arsenal Tula»: Shamov, Grigalava, Rasskazov, Belyayev, Chaushich, Kovalev (Gromыko, 44), Konovalov, Lomoviskiy (Panteleyev, 75), Xlusevich, Kangva (Kangva, 75), Lutsenko (Panchenko, 63).
Ogohlantirish: Sisuyev (79).
Chetlatish: Grigalava (52).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ufa» avtogol evaziga g‘alaba qozonib, RPLda qolish masalasini uddaladi