«Barselona» Agueroning transferini e’lon qildi

Hujumchi Serxio Aguero erkin agent sifatida «Barselona»ga o‘tdi. Bu haqda ispan klubi xabar qildi. Kataloniyaliklar argentinalik 32 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolashdi va uning tovon pulini 100 mln yevro etib belgilashdi.
Aguero 2006-2011 yillarda Madridning «Atletiko» klubida o‘ynagan. U so‘nggi 10 yilni «Manchester Siti» safida o‘tkazgan. Uning shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar tuzilgandi va manchesterliklar bu shartnomani uzaytirishni istashmadi.
Aguero «Manchester Siti» bilan besh bor Angliya chempioni bo‘ldi, besh marta Angliya Kubogini, uch marta Angliya Superkubogini va olti marta Angliya Ligasi Kubogini qo‘lga kiritdi. U «shaharliklar» uchun jami 390 o‘yin o‘tkazib, 260 gol urgan va 73 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Aguero 2006-2011 yillarda Madridning «Atletiko» klubida o‘ynagan. U so‘nggi 10 yilni «Manchester Siti» safida o‘tkazgan. Uning shartnomasi 2021 yil 30 iyuniga qadar tuzilgandi va manchesterliklar bu shartnomani uzaytirishni istashmadi.
Aguero «Manchester Siti» bilan besh bor Angliya chempioni bo‘ldi, besh marta Angliya Kubogini, uch marta Angliya Superkubogini va olti marta Angliya Ligasi Kubogini qo‘lga kiritdi. U «shaharliklar» uchun jami 390 o‘yin o‘tkazib, 260 gol urgan va 73 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
AGÜEROOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOO pic.twitter.com/LHIsGVRzsV
— FC Barcelona (@FCBarcelona_es) May 31, 2021
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…