00:20 / 14.06.2021
3 165

Oleg Zoteyev Saudiyaga qarshi o‘yin va klubi nima uchun qo‘yib yuborishni istamagani haqida gapirdi


Ma’lum tanaffusdan keyin yana milliy terma jamoamizga qaytgan Oleg Zoteyev ham hozir yaxshi sport formasida.
Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” sharafini himoya qilayotgan futbolchi Singapurga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, Yaman bilan bahsda zaxiradan maydonga tushirildi.

Mazkur o‘yinchi sports.uzga Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lajak o‘yin va klubining uni terma jamoaga qanday qo‘yib yuborgani xususida gapirdi.

- Terma jamoamizdagi muhit a’lo darajada. Bizda iqtidorli yoshlar ham bor. Barcha yigitlar bilan munosabat zo‘r. Kayfiyat ham yuqori holatda. Saudiya Arabistoniga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xudo xohlasa, qo‘limizdan nima kelsa, barchasini qilamiz. Muhimi yutishga harakat qilamiz. Baribir hammasi Xudodan.

Rostdan klubim meni qo‘yib yuborgisi kelmagandi. Chunki chempionatda birinchi o‘ringa kurashyapmiz. Klub prezidenti ham bormasangiz yaxshi bo‘lardi, deb iltimos qildi. Ammo qanday bormayman?! Terma jamoadan taklif kelib turganida bormasam bo‘lmasligini ularga tushuntirdim. Keyin klubdagilar meni FIFA kunida, 2 iyunda qo‘yib yuboramiz dedi.

Ammo shunday bo‘lganida terma jamoada o‘ynashga imkoniyatim kam bo‘lardi. Nimaga deganda, moslashish kerak. Saudiyada ob-havo ham boshqacha, juda issiq. Koreyada esa havo boshqacha. Yaxshiki, klubdagilar meni tushundilar va ertaroq qo‘yib yuborishdi, - dedi Oleg Zoteyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oleg Zoteyev Saudiyaga qarshi o‘yin va klubi nima uchun qo‘yib yuborishni istamagani haqida gapirdi