23:23 / 24.06.2021
2 752

Ro‘ziqul Berdiyev: Marko Stanoyevich almashtirib bo‘lmas futbolchi emas!


Superliga 9-turining qoldirilgan o‘yinida "Metallurg" "Nasaf"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Metallurg"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular o‘yinni yaxshi boshladi va ilk daqiqalardan bizga bosim uyushtirdi. Bo‘lim o‘rtalarida tashabbusni qo‘lga olishni uddaladik, lekin so‘nggi daqiqalardagi xato qimmatga tushdi. Ikkinchi taymda o‘zgarishlar qilib, o‘yinning borishini o‘zgartirdik. Ammo bitta standart vaziyat barchasini hal etdi.

Albatta, Marko Stanoyevich almashtirib bo‘lmas futbolchi emas. O‘ylaymanki, zaxiradan tushgan o‘yinchilar undan yaxshiroq harakat qildi. Menimcha, yoshlarga bergan imkoniyatim o‘zini oqladi. Ular yaxshi harakat qildi. Biroq yana aytaman, standart vaziyatdagi e’tiborsizligimiz tufayli gol o‘tkazib yubordik".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Marko Stanoyevich almashtirib bo‘lmas futbolchi emas!