1 869
Shveysariya murabbiyi Yevro-2020'dagi yomon startdan so‘ng mamlakatiga ochiq xat yozdi. Buni o‘qish kerak
Shveysariya mo‘’jiza yaratdi: 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganda o‘ziga keldi, penaltilar seriyasida Fransiyani o‘z uyiga kuzatib yubordi. Ertak qahramonlaridan biri bosh murabbiy Vladimir Petkovichdir. U jamoasini Jahon chempionlariga qarshi yetarli darajada tayyorladi, o‘zgarishlar orqali o‘yinga burilish yasay oldi (Gavranovich gol urdi, Mbabu golli pas berdi) va hozirda ular g‘alabani tantana qilmoqda. Vaholanki, bundan o‘n ikki kun oldin shveysariyalik muxlislar Uels bilan achinarli o‘yin namoyish etgani (1:1) hamda Italiyaga qarshi chorasiz qolganidan (0:3) so‘ng Petkovichni bisotidagi bor "shirin so‘zlar" bilan siylashgandi. Murabbiy esa bu munosabatga jim turolmadi — u CH Media gazetasiga ochiq xat yozdi.
Ushbu maktub mazmuni bilan tanishing:
Bizlar va butun Shveysariya bilan faxrlanishingiz uchun sizlarga mo‘’jizali kechani taqdim etmoqchi edik. Uzoq muddatli pandemiya tufayli ko‘plab qiyinchiliklardan so‘ng muxlislarni Italiya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan xursand qilmoqchi edik. Uchrashuvga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Lekin umidlarimiz puchga chiqdi. Siz uchun, o‘zimiz uchun hamda jamoani Rimda qo‘llab-quvvatlagan to‘rt ming shveysariyalik uchun umidsizlikka tushib qoldik.
Biz bundan judayam afsusdamiz.
Jamoa 26 maydan buyon birgalikda istiqomat qilmoqda: maydon, mehmonxona, oshxona, yotoqxona, bari bir joyda. Barcha o‘yinchilarni bir maqsad birlashtiradi — boshqa jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib, siz va mamlakat uchun shodlik ulashish; har daqiqa va har soniyada eng zo‘ri bo‘lish.
Terma jamoani ko‘p muhokama qilasizlar, uning muammolari haqida o‘qib, bahslashasizlar. Men va shogirdlarim diqqat markazida bo‘lamiz. Biz har doim siz kutgan narsalarni amalga oshira olmaymiz. Lekin hamisha talablaringizga munosib bo‘lishga harakat qilamiz. Afsuski, bunga har doim muyassar bo‘la olmaymiz.
Biz katta oilamiz. Ziddiyatlar bo‘lishi tabiiy, ammo biz birgalikda muammolarni hal qilamiz, birlashamiz va olg‘a davom etamiz.
Sizni ishontirib aytamanki, biz har bir o‘yinga puxta, tirishqoqlik bilan va aniq maqsad asosida tayyorlanamiz. Ertaga yangi davr boshlanadi.
Italiya bilan o‘yinda terma jamoani g‘alaba qozonadigan darajada tayyorlay olmadim. Ammo Turkiyaga qarshi o‘yinda pley-offga chiqishimiz uchun yana bir imkoniyat bor. Hal qiluvchi bahsda biz nafaqat taktik jihatdan to‘g‘ri o‘ynashimiz, balki o‘z qadriyatlarimiz va fazilatlarimizga rioya qilishimiz kerak: hamjihatlik, yaxshi kayfiyat va hurmat. Biz buni amalga oshiramiz.
Kecha Yan Zommer safimizga qaytib keldi — u ota bo‘ldi. Qizining ismi Nayla. Bu butun jamoaga ajoyib lahza baxsh etdi.
Yodingizda bo‘lsin: futbolchi va murabbiylarning ham o‘z hissiyotlari, qo‘rquvlari va quvonchlari bor. Boshqalar singari biz ham ojizmiz.
Shuning uchun biz o‘yindan oldin sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga muhtojmiz.
Yakshanba oqshomida sizga baxt ulashish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz jamoa va Shveysariya bilan faxrlanamiz.
Hurmat bilan, Vladimir Petkovich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi