23 iyul kuni start olgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Sayyoramizning eng nufuzli sport tadbirida ko‘pchilikni medallar jamg‘arish bo‘yicha qayd etilgan natijalar qiziqtirishi tabiiy.
O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ushbu Olimpiadada 3 ta oltin va 2 ta bronza, jami 5 ta medal bilan umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi.
Osiyo qit’asida oladigan bo‘lsak, Xitoy (2), Yaponiya (3), Janubiy Koreya (16) va Erondan (27) so‘ng beshinchi natijani qayd etdik.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston Rossiyadan (5) so‘ng ikkinchi natijani qayd etdi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa delegatsiyamizga teng keladigani topilmadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida 21-o‘rinni egallagan edi. Ushbu natija Osiyo qit’asida O‘zbekistonni 4-o‘ringa olib chiqqan bo‘lsa, MDHda Rossiyadan so‘ng 2-o‘rinni, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallashiga xizmat qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...