19:55 / 12.08.2021
2 447

Sautgeyt Angliya futbol assotsiatsiyasidan osiyolik futbolchilarga e’tibor qaratishni so‘radi

Sautgeyt Angliya futbol assotsiatsiyasidan osiyolik futbolchilarga e’tibor qaratishni so‘radi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Angliya futbol assotsiatsiyasidan kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan futbolchilarga yaxshiroq e’tibor berishni so‘ragan.

"Tarixdan negadir o‘ziga xos, biroz noto‘g‘ri qarash, balki fikr bo‘lgan. Unga ko‘ra, aksariyat osiyolik futbolchilar sportga u qadar mos emas va qolganlar kabi kuchli emas.

Bu noto‘g‘ri qarash. Hozir dunyoning turli nuqtalarida futbol o‘ynashmoqda. O‘ylashimcha, Osiyo jamiyatini o‘rganishda yangicha yondashuv zarur, kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan iqtidorli bolakaylar to‘p tepayotgan joylarni topishimiz zarur. Biz ularni kuchliroq, yirikroq ligalarga o‘tishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Shunda boshqa futbolchilar fonida ularga real baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Shundan keyingina, bu qadamni akademiyalarda ham amalga oshirishimiz mumkin bo‘ladi", — deya Sautgeyt so‘zlarini keltiradi Goal.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi Yevro"da Angliya finalgacha yetib bordi va penaltilar seriyasida Italiyaga mag‘lub bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sautgeyt Angliya futbol assotsiatsiyasidan osiyolik futbolchilarga e’tibor qaratishni so‘radi