11:15 / 20.08.2021
1 897

Eldor Shomurodov: "Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman"

Eldor Shomurodov: "Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman"
"Roma" klubi "Trabzonspor"ni 1:2 hisobida mag‘lub qildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Eldor Shomurodov Sky Sports kanaliga intervyu berdi:

- Siz urgan golning ahamiyati qanday?
- Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman. O‘ylashimcha, keyingi o‘yin haqida o‘ylashni boshlash kerak. Sababi, A Seriya uch kundan so‘ng start oladi.

- Mourinyu qo‘l ostida qay darajada rivojlanyapsiz? Umuman jarayon qanday kechmoqda?
- Men Mourinyu aytayotgan deyarli barcha narsani tushunyapman. U va jamoadoshlarimni ham tushinib boryapman. Ammo, menda hali ham so‘zlashuv borasida muammolar bor (kulib qo‘yadi)

- Siz o‘zingizdagi jihatlar bilan Mourinyuga mos kelgansiz...
- Ha, men buni Genuyada isbotlagandim.

- Endi Abraxam bilan birga o‘ynashingiz lozim. U bilan birga o‘ynay olasiz deb o‘ylaymiz, shu to‘g‘rimi?
- Ha, biz birgalikda o‘ynashimiz mumkin. Ikkimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, buning imkoni bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Men urgan gol jamoamga g‘alaba keltirganidan baxtliman"