13:30 / 22.08.2021
2 235

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi debyut jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi

Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi debyut jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 22 avgust tongida UFC on ESPN 29 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (9-2) o‘z debyutini o‘tkazdi. Unga Guam vakili Trevin Jons (13-7) raqib bo‘ldi.

Jang Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Uchinchi raund so‘ngida Qahramonov raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, Jonsni taslim etdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.

Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video

Qahramonov UFC’da jang qilgan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.

Saidyoqub Qahramonov 1995 yilning 14 noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Ushbu bellashuvga qadar sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saidyoqub Qahramonov UFC’dagi debyut jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi