"Navbahor" bilan o‘yindan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev "portladi". Mutaxassis o‘zbekligiga bordi va yana hamma aybni o‘z bo‘yniga oldi. Muammoning ortida turganlarni qo‘li bilan berkitdi. Tamom, o‘yin tezda unutiladi, lekin muammo-chi?
O‘zi "ajdarlar"ning yurtimizdagi boshqa klublardan farqi katta emas. Ularda ham moliyaviy muammolar tez-tez ko‘rinish beradi, yetakchilarni grandlardan saqlab qola olmaydi, davlat qaramog‘idagi jamoa, lekin birgina omil "Nasaf"ga bo‘lgan mehrimizni oshiradi. Tarkibda kim bo‘lishidan qat’i nazar, klub libosini kiygan futbolchilar ko‘zidagi "olov"! Yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda jamoa ramzi uchun arslonlardek olishayotgan yigitlarga tikilgan yurtdoshlarimizning ko‘zida zavq paydo bo‘lishi aniq.
O‘zining raqibga agressiv munosabatda bo‘lishi bilan dong taratgan "Navbahor" muxlislari ham ularni tik turib, qarsaklar bilan kuzatib qo‘ygani bejiz emas. Halol o‘yin va kuchli ishtiyoq Ro‘ziqul Berdiyevning "Nasaf"ida birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigan jihat.
To‘g‘risi, bugun mutaxassisning matbuot anjumanidagi so‘zlari dilni xira qildi. Rahbariyatning bee’tiborligi, maoshlar va boshqa ko‘plab masalalarda klub yolg‘izlanib qolganini tushunish mushkul emas. Hali ham Ro‘ziqul Berdiyev aybni bo‘yniga oldi va muammoning bir uchini chiqardi, xolos. Har holda, ko‘z-ko‘zga tushadi, ertaga yana bir eshikdan kirib chiqish bor...
"Yigitlarga quruq "g‘alaba qozoninglar", deb motivatsiya berib bo‘lmaydi"
Bu so‘zlar ortida qanchalik dard bor ekanligini tushunish uchun faylasuf bo‘lish shart emas. Aslida, Berdiyev har safar dardini doston qiladigan mutaxassislar sirasiga kirmaydi. U ham chidab tura olmadi-mi, bilingki, ahvol biz o‘ylagandan og‘ir. Har yili terma jamoamizga yangi nomlarni og‘rinmay yetkazib berayotgan murabbiyni tushunish mumkin. O‘z farzandlaridek bo‘lib qolgan futbolchilarni unga umid bilan boqib turgan nigohiga bardosh bera olmagani aniq. Hozir Qarshi klubining ahvoli, muammosi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Shunga qaramay, klub rahbariyatiga jurnalist emas, jaydari o‘zbek yigiti sifatida murojaatim bor:
Iltimos, ko‘zingizni oching! "Nasaf" faqat Qarshi shahrininggina klubi emas! U allaqachon xalq jamoalari qatoridan o‘rin egallagan. Uning kelajakdagi ahvoliga biz befarq emasmiz! Jamoa boshiga tushgan mushkul vaziyatdan chiqib ketishi faqat sizlar qabul qiladigan qarorga bog‘liq. Iltimos, voqeaga jiddiyroq e’tibor qarating. Aks xolda, xalq o‘z jamoasini himoya qilishga majbur bo‘ladi.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”