00:20 / 04.09.2021
3 934

Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?

Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?
Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 10-kuni ham o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun yurtimiz sharafini 9 nafar sportchi himoya qildi.
Jumladan, para kanoe bo‘yicha finalda qatnashgan sportchimiz Azizbek Abdulhabibov 43.584 soniya vaqt bilan marraga 8-o‘rinda yetib keldi.

Para yengil atletikaning balandlikka sakrash musobaqalarida finalda ishtirok etgan hamyurtimiz Temurbek Giyazov 1.88 metr natija bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Yana bir para yengil atletikachimiz Yorqinbek Odilov esa yadro uloqtirish bahslarida finalda 11.71 metr natija ko‘rsatdi va 9-o‘rinni egalladi.

Ammo ayollar o‘rtasida yadro uloqtirishda finalda qatnashgan hamyurtimiz Safiya Burxanova esa 14.78 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 17 ta medal bilan umumjamoa hisobida 17-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?