18:52 / 09.09.2021
1 842

Ueyn Runi: "Ronaldu - top futbolchi. Biroq bu yer Ispaniya yoki Italiyadagidek oson emas"

Ueyn Runi: "Ronaldu - top futbolchi. Biroq bu yer Ispaniya yoki Italiyadagidek oson emas"
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytgani haqida gapirdi.
"Ronaldu bilan gaplashganim yo‘q, shanba kungi o‘yinga ham bora olmayman. Shu kuni ikki o‘g‘limning o‘yinlari bor, tekin taksichilik vazifasini bajarishim kerak.

Albatta, "Manchester Yunayted"ni kuzatib boraman. Ular g‘olib bo‘lishlarini istayman. Klub Krishtianu Ronalduni qaytargani zo‘r ish bo‘ldi. Uning mentaliteti yosh futbolchilarniki kabi. Ajoyib transfer.

Krishtianuning o‘zi ham bu yerda unga Ispaniya yoki Italiyadagi kabi oson bo‘lmasligini tushunib turibdi. APLda ilk navbatda jismoniy tayyorgarlik turibdi. Uning holatini inobatga olsak, ko‘plab gollar urishini kutyapman.

Krishtianu jamoaga katta ta’sir o‘tkazadi. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri
", - dedi Runi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ueyn Runi: "Ronaldu - top futbolchi. Biroq bu yer Ispaniya yoki Italiyadagidek oson emas"