18:11 / 28.09.2021
1 906

Temur Kapadze: Keyingi yil bizni 2 ta asosiy musobaqa kutib turibdi

Temur Kapadze: Keyingi yil bizni 2 ta asosiy musobaqa kutib turibdi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida sport federatsiya va assotsiatsiyalarning Tokio-2020 hisoboti va oldinda turgan kompleks musobaqalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi davom etmoqda. Bu safar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan o‘tgan uchrashuv ko‘proq diqqat-markazida bo‘ldi. Unda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avaz Karimov, Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Qosimov, MOQ raisi o‘rinbosarlari Saken Po‘latov va Sherzod Tashmatov, bo‘lajak OTJ bosh murabbiyi Temur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Dastavval, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorlangan jamoamizning faoliyati tahlil qilindi. Jamoaning ilk yig‘inidan boshlab, to 2020 yil Tailandda o‘tgan litsenzion musobaqadagi ishtirokigacha bo‘lgan davrda qilingan ishlar, murabbiylar faoliyati, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Shundan so‘ng Temur Kapazde Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun tuzilgan “Olimpik” klubi va yoshlar terma jamoamizning faoliyati haqida to‘xtaldi.

Keyingi yil bizni 2 ta asosiy musobaqa kutib turibdi. Bular o‘zimizda o‘tadigan Osiyo chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari. Bu turnirlar orqali jamoaning potensialiga yaqqol baho berib olish mumkin. Shubhasiz, ularda maksimal natija uchun o‘ynaymiz. Hozir jamoamizda bo‘lgan yigitlarning aksariyati avval o‘z klublarida asosiy tarkibda o‘ynashmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan tuzilgan “Olimpik” yosh yigitlarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bo‘ldi. Hozir ularga Superliga jamoalaridan ham takliflar tushmoqda”, – dedi murabbiy.

Suhbat davomida jamoaning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, futbolchilarning o‘yindagi jismoniy holatini nazorat qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar bo‘yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze: Keyingi yil bizni 2 ta asosiy musobaqa kutib turibdi