20:00 / 17.10.2021
1 869

Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi?

Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi?
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Bunyodkor" (2:1) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Bunyodkor" bilan bu yil uchinchi marta to‘qnash keldik. Birinchi bo‘lim avvalgi o‘yinlarimizga o‘xshash kechdi, jamoalar bir-birlaridan cho‘chib o‘ynashdi. Ikkinchi taymda esa ochiq futbol ko‘rdik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ortga yo‘l yo‘q edi. Shu bois futbolchilar oldinga intilib, bor mahoratlarini namoyish etishdi. Gol urganimizdan so‘ng tashabbus biz tomonga o‘tdi, yana boshqa imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Muxlislar ikkinchi bo‘limda chiroyli futbol guvohiga aylanishdi. "Bunyodkor" raqibga o‘ynash imkonini beradigan jamoa, oldinga intilib, bo‘sh hududlar qoldiradi. Biz ham ikkinchi golni urgandan keyin oldinga intildik.

"Surxon" bilan o‘yinda ko‘p futbolchilarimiz shamollab qolishdi. Asosiy o‘yinchilar maydonga tushmaganda, bu seziladi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. O‘yindan keyin bu bizning eng yomon o‘yinimiz bo‘lganini ham aytdim
, – dedi "Navbahor" klubi ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi?