08:36 / 20.10.2021
1 389

OCHL. Masharipov jamoasi yarim finalda to‘xtadi

OCHL. Masharipov jamoasi yarim finalda to‘xtadi
Osiyo Chempionlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda Leonardu Jardim shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvning 17-daqiqasida Gomisning uzatmasidan keyin Morrega hisobni ochdi. Bo‘lim so‘nggida mezbonlar futbolchisi Al-Avjami qo‘pol harakat uchun o‘yindan chetlatildi.

Ikkinchir taymni "Al-Nassr" faolroq boshladi va 50-daqiqada hujumlar o‘z samarasini berdi. Burchak to‘pidan so‘ng Taliska oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

71-daqiqada Al-Davsaari yana "Al-Hilol"ni hisobda oldinga o‘tib olishini ta’minladi. Uchrashuv so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmay qoldi. Shu tariqa, "Al-Hilol" finalga yo‘l oldi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov bahsni asosiy tarkibda boshlab, 79-daqiqada zaxiraga olindi.

"Al Nassr" - "Al Hilol" 1:2
Gol
: Mussa Marega - 17', Taliska 50, Al Dovsari 70
"Al Nassr" - Abdullah, Al Ganam, Al Amri, Madu, Alaujami, Al Sulayhi, Al Xaybari, Asiri, Taliska, Hamdallah, Jaloliddin Masharipov.
"Al Hilol" - Al Mayuf, Al Dovsari, Albulayxi, Jang, Al Burayk, Al Faraj, Kanoo, Al Dovsari, Pereyra, Marega, Gomis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. Masharipov jamoasi yarim finalda to‘xtadi