Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Hakimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Jangovar o‘yin bo‘ldi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat, qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi, biroz omad yetishmadi. Urgan golimizni inobatga olishmadi, hali o‘sha vaziyat videosini ko‘rmadim. Agar hozir ochkolarimiz ko‘p bo‘lganida bir ochko ishladik deyishimiz mumkin edi, ammo ayni paytda yo‘qotgan ikki ochko suv va havodek zarur edi. Yomon o‘ynamadik, to‘g‘ri xatolarimiz ko‘p. Ishlash kerak, bu yil vaqtimiz ham yetmasa kerak", - deydi Bahrom Hakimov.
- "Turon" tarkibi yomon emas, yosh va tajribali futbolchilar bor. Jamoaga nima yetishmayapti?
- Mendan oldingi murabbiylar yomon ishlashdi demayman. Ammo istalgan yulduz futbolchini yangi jamoaga olib kelsangiz vaqt kerak bo‘ladi. Pro ligada o‘ynagan 5-6 futbolchi qolganida va yoniga 3-4 nafar yangi o‘yinchini qo‘shib, jamoaviy o‘yinni shakllantirsa bo‘lardi. Yigitlar har bir o‘yinga bosim bilan tushmoqda, siz ortda qolib ketib boshqalarga yetib olishingiz juda qiyin.
- "Turon" hozirdan Pro ligaga tushib ketdi deb hisoblaysizmi?
- Yo‘q, hali imkoniyatimiz bor. Oldinda ikkita tur bor. Kim ishonmasa eshigimiz ochiq bemalol ketaveringlar dedim. Oxirgi turgacha o‘ynaymiz. Bundan tashqari futbolni muxlislarimiz uchun o‘ynaymiz. Uyog‘i bir gap bo‘lar. Agar Pro ligaga tushib ketsak o‘yin uslubini yangitdan shakllantiramiz. Tarkibdagi 10-12 futbolchining shartnomasi bor ekan, bu tomonlama menga osonroq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi