
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 16-turidan o‘rin olgan «Norvich» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs 11 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda Krishtianu Ronalduning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qildi. Portugaliyalik hujumchi 75-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Mankunianliklar ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 5-o‘ringga ko‘tarilib oldi. «Norvich» esa 10 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
«Norvich» – «Manchester Yunayted» 0:1
Gol: 0:1 – 75 penalti, Ronaldu
«Norvich»: Krul, Aarons, Henli (Sorensen, 21), Kabak, Yannulis, Rupp (Le-Melu, 76), Maklin, Gilmor, Plaxeta (Kentuell, 70), Pukki, Sarjent.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Dyogu Dalot, Maguayr, Lindelof (Bayi, 74), Telles, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 88), Maktomini, Sancho (Grinvud, 67), Ronaldu, Reshford.
Ogohlantirish: Dyogu Dalot (77), Le-Melu (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar