
Saytimiz orqali Superliga klublarining Antalyadagi yig‘inlarin yoritib bermoqdamiz. Nikola Lazarevich murabbiylik qilayotgan "Qizilqum"ning bugungi mashg‘ulotidan jamoaning tajribali himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayevning fikrlarini tingladik.
"Mavsum boshlanishiga ko‘p ham qolmadi. Yaqinda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu bois tezroq optimal formaga kirib olishimiz kerak, deya olaman. Bu yerda shunisi qulayki, o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar topish oson. Buyog‘iga hech qancha vaqt qolmadi.
Istaymizmi yoki yo‘qmi, bosh murabbiy Nikola Lazarevichning yevropalik ekanligi mashg‘ulotlaridan bilinmoqda. Ko‘rsatmalarida bu yaqqol sezilyapti. O‘ylaymanki, ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz.
"Qizilqum" - katta loyiha. Klub oldiga ulkan vazifalar qo‘yilgan. Mana shu omil jamoada qolishimda asosiy rol o‘ynadi. "Qizilqum"ni O‘rta Osiyodagi eng yaxshi jamoaga aylantirishmoqchi", - deydi himoyachi.
QizilqumIslom To‘xtaxo‘jayevSuperliga klublariAntalyadagi yig‘inlarOptimal formaBosh murabbiy O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar