Bugun OCHL o‘tish bosqichidan o‘rin olgan "Baniyas" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 21:15da boshlanadigan uchrashuvda kim g‘alaba qozonsa, shu jamoa guruh o‘yinlariga yo‘l oladi. Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Baniyas" bosh murabbiyi Daniel Isaila qatnashib, savollarga javob qaytardi.
Ruminiyalik murabbiy o‘z fikrlarini quyidagicha boshladi:
- Bu biz uchun muhim o‘yin bo‘ladi. Chunki OCHL guruh bosqichiga chiqishimiz faqat shu o‘yinga bog‘liq. Chempionlar ligasida ishtirok doim iliq hissiyot beradi. "Nasaf" bilan kechadigan bahsda o‘zimizni ko‘rsatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz. Men o‘z paytida Ruminiya U-21 terma jamoasini boshqarib yaxshi natijalarga erishganman. Endi bo‘lsa OCHLda ham o‘zimni ko‘rsatishni xohlayman. Bu menga yangi motivatsiya beradi.
- Raqib haqida qanday fikrdasiz?
- "Nasaf"ni yaxshi o‘rganishga harakat qildik. Ularga gol urish birmuncha qiyin deb o‘ylayman, chunki jamoaning himoya chizig‘i chakki emas. Qolaversa raqibni o‘rganish jarayonida tezkor futbolchilari borligiga guvoh bo‘ldik.
- Tarkibda yo‘qotishlar bormi?
- Bor. Asosiy himoyachimiz Hussayn Abbos jarohat olgan va o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida. U himoyachi bo‘lishiga qaramay 12ta gol urdi. Lekin "Nasaf" bilan bellashuvda boshqalar gol uradi deb o‘ylayman. Jamoa bilan yig‘ilib hammasini muhokama qildik, yigitlar o‘yinga tayyor.
- Sizningcha, "Nasaf"ning kuchsiz tomoni nimada?
- Avvalo meni o‘z jamoamning holati qiziqtiradi. Afsuski, hozirgi paytda zaxiramiz keng emas. Guruh bosqichiga chiqsak, qiynalib qolishimiz mumkin. Lekin ungacha pley-offdan o‘tishni hal qilish kerak. Yana qaytarib aytaman, biz "Nasaf"ni hurmat qilamiz, yaxshi jamoa, ammo Chempionlar ligasi guruh o‘yinlariga borishni orzu qilyapman.
Baniyas1, Nasaf1, Daniel Isaila1, OCHL guruh bosqichi1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi