APL 33-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Norvich" uchrashuvida "qizil iblislar" 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
MYU safida Krishtianu Ronaldu xet-trik muallifiga aylandi hamda jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Ushbu o‘yindan so‘ng taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov telegram sahifasida portugaliyalik hujumchi haqida post qoldirdi.
"MYUga Ten Xaag kelsa, Krishtianu ketishi haqidagi xabar chiqishi ortidan Portugaliya afsonasi ideal xet-trik yo‘llamoqda - jarima maydonchasi ichidan hujumchining goli, bosh bilan gol va jarima zarbasidan shedevr.
Yana o‘sha gap. Bu bolaning asabiga tegib turish kerak. Uning davri o‘tganini balandroq ovozlarda gapirib turish kerak. Shunda u o‘zini eslatadi. Bu kunni Ronaldu xet-trik qilgan oqshom "Uembli"da qandaydir o‘yin bo‘lib o‘tgandi, deb xotirlab yuramiz", - dedi Hamidov.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi