IT-Park bozor trendlariga asoslanib, 2022 yilda istiqbolli IT kasblar ro‘yxatini tuzdi.
Web dasturchi
Bu turdagi dasturchilar sayt va ilovalar yaratadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Web dasturchilar uchun 3 ta asosiy yo‘nalish mavjud:
- Fronted (saytning tashqi qismi uchun);
- Backend (saytning ichki qismi uchun);
- Fullstack (ikkalasi ham).
Pandemiya bu kasb egalariga bo‘lgan talabni keskin kuchaytirdi. Korxonalar samarali IT yechimlarini qidirmoqda va raqamli vositalarni joriy qilmoqda.
Mobil dasturchi
iOs va Android platformalarida smartfonlardan tortib soatlargacha bo‘lgan har qanday qurilmalar uchun ilovalar yaratadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu kasbga bo‘lgan talab dunyoda yuqori. Bundan tashqari, jahon bozorida mobil ilovalarga bo‘lgan talab desktoplarga qaraganda oshib bormoqda.
Statista mobil dasturlashining global kapitallashuvi 6,3 trln dollarga baholanmoqda. Uch yil avval bu ko‘rsatkich 1,3 trln dollar edi.
DevOps muhandisi
DevOps muhandisi — mahsulot yaratishning barcha bosqichlari o‘rtasidagi bog‘lovchi zveno: kod yozishdan tortib relizgacha.
Ko‘plab kompaniyalar ushbu amaliyotni qo‘llaydi. GitLab tadqiqotiga ko‘ra, respondentlarning 35,9 foizi ushbu amaliyotdan foydalanadi. Bu esa 2020 yilga nisbatan 8,8 foizga ko‘pdir.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis
U kompyuter tizimlari xavfsizligini sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan mutaxassisdir. Biznes talabiga binoan IT infratuzilmasidagi zaifliklarni topadi.
Tadqiqotchilarning prognozlariga ko‘ra, global kiberxavfsizlik bozori 2021 yildagi 217,9 mlrd dollardan 2026 yilga kelib 345,4 mlrd dollargacha o‘sadi.
Data-muhandisi
U yuklab olish oqimlarini tashkil va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. U ETL jarayonlari bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar miqdori geometrik progressiyada o‘sib bormoqda, shuning uchun kompaniyalar ular bilan ishlashning yangi, yanada samarali usullarini taklif qilmoqda.
2021 yilda data-muhandislariga bo‘lgan talab 127 foizga oshdi.
ML mutaxassisi
Mashinani o‘rganish bo‘yicha mutaxassis ma’lumotlardagi murakkab doimiylikni o‘rganish, muammolarni hal qilishda mustaqil ravishda o‘rganish mumkin bo‘lgan modellarni yaratadi.
Gartner tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, sun’iy idrok sohasidagi innovatsiyalar jadal rivojlanmoqda.
McKinsey tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab o‘rta va yirik biznesning 57 foizi sun’iy idrok va neyron tarmoqlarini o‘z ish jarayonlarida allaqachon joriy qilgan yoki joriy qilmoqchi.
DT tester-avtomatizatori
U foydalanuvchilarning harakatlarini taqlid qiluvchi va mahsulot yoki uning bir qismini sinab ko‘radigan dasturlarni yozadi. Bunday mutaxassislar kompaniyaning vaqtini va pulini tejaydi.
Tester kasbi — rivojlanayotgan IT sohasiga kirishning eng oson yo‘llaridan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”