Polsha kiberxavfsizligidagi jiddiy zaifliklar fosh etildi

2 daqiqa o'qish113
Polsha kiberxavfsizligidagi jiddiy zaifliklar fosh etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Polshada 10 mingdan ortiq davlat muassasasiga qarashli 250 mingga yaqin veb-saytda jiddiy xavfsizlik kamchiliklari aniqlanib, aeroportlar, shifoxonalar va davlat idoralari sahifalari xavf ostida qolgani ma'lum bo'ldi.
  • Tadqiqotchilar Robert Kruczek va Kamil Szczurowski bu xulosalarni Las-Vegasdagi Def Con xalqaro konferensiyasida taqdim etdi.

Polshaning ikkita kiberxavfsizlik mutaxassisi mamlakat internet tarmogʻining potensial kiberhujumlarga qanchalik bardoshliligini oʻrganib, davlat idoralari va infratuzilmasida keng koʻlamli zaifliklar mavjudligini aniqladi. Las-Vegasdagi Def Con xalqaro konferensiyasida taqdim etilgan mazkur tadqiqot natijalari mamlakatning muhim tizimlari kiberxavfsizlik tahdidlari qarshisida ojiz ekanini koʻrsatdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

ixbt.com maʼlumotiga koʻra, tadqiqotchilar Robert Kruczek va Kamil Szczurowski oʻz yurtining raqamli muhofazasini kuchaytirish va uni xavfsizroq qilish maqsadida Polsha segmentidagi veb-resurslarni chuqur tahlildan oʻtkazgan. Tekshiruv natijasida 10 mingdan ortiq davlat muassasasiga qarashli 250 mingga yaqin veb-saytda jiddiy xavfsizlik kamchiliklari borligi aniqlangan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, xavf ostida qolgan obyektlar orasida mamlakatdagi aeroportlar, tibbiyot muassasalari — shifoxonalar va davlat idoralarining rasmiy sahifalari ham bor. Bunga dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilarning xavfsizlik xatolarini bartaraf etishga beeʼtiborligi, shuningdek, xatolarni xabar qilish va mukofotlash tizimlarining yetishmasligi sabab boʻlmoqda.

Muhim tizimlardagi ochiq eshiklar

Tadqiqot davomida baʼzi xatoliklarni juda oson yoʻl bilan suiisteʼmol qilish mumkinligi maʼlum boʻldi. Biroq ayrim dasturiy taʼminot yetkazib beruvchilari bunday ogohlantirishlarni jiddiy qabul qilmay, ularni shunchaki noqulaylik sifatida baholagan. Bu esa Polsha davlat xizmatlarining kiberhujumlar va tarmoqni egallab olish xavfi ostida qolishiga zamin yaratmoqda.

Mazkur tadqiqot Polsha oʻzining kiberhimoyasini kuchaytirishga harakat qilayotgan vaqtda eʼlon qilindi. Soʻnggi paytlarda mamlakatning energiya va suv taʼminoti korxonalariga qaratilgan gumon qilinayotgan Rossiya kiberhujumlari toʻlqini kuzatilgan edi. Ushbu hujumlarning ayrimlari aynan zaif kiberhimoyadan foydalangan holda amalga oshirilgani aniqlangan.

Pad CMS va sud tizimidagi muammolar

Kruczek va Szczurowski keng tarqalgan Pad CMS kontentni boshqarish tizimida bir nechta xavfli xatoliklarni topgan. Xususan, ulardan biri maxfiy soʻz talab etmaydigan ochiq tizim orqali 300 dan ortiq davlat veb-saytlariga erkin kirish imkonini bergan. Dasturchilar ushbu dasturiy taʼminotni qoʻllab-quvvatlash muddati tugagani vajidan yangilanishlarni chiqarmagan.

Yana bir aniqlangan zaiflik tufayli tadqiqotchilar Polsha sud tizimining uchdan ikki qismiga, yaʼni taxminan 245 ta sud idorasining veb-saytlariga kirish huquqiga ega boʻlishgan. Mutaxassislar oʻz topilmalarini tegishli rasmiy kanallar orqali hukumatga taqdim etishgan. Ularning fikricha, qilingan mehnatlar oʻz samarasini berib, mamlakat kiberxavfsizligi biroz boʻlsa-da mustahkamlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?