Foto: Josh Edelson /Getty Images
Amerikaning Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talab qilganidek, USB-C ulagichiga o‘tish uchun Lightning ulagichidan 2023 yildayoq voz kechadi. Bu haqda Bloomberg agentligi jurnalisti Mark Gurman xabar berdi.
«Apple ushbu qonunni bajarishga tayyorgarlik ko‘rdi. Kompaniya o‘zining eng mashhur gadjetlari uchun yangi ulagichga o‘tish muddatini osonlikcha tezlashtirdi. Masalan, iPhone 15 kelasi yil kuzdayoq USB-C ulagichi bilan ishlab chiqariladi. Bu belgilangan sanadan bir yil oldinroqdir», deb yozdi insayder.
Apple uchun Yevropa Ittifoqi talabi iPhone 16 e’lon qilinishi kutilayotgan 2024 yildan boshlab kuchga kiradi. Biroq Gurman, boshqa manbalar qatori, Apple kompaniyasi kelasi yildayoq ulagichni o‘zgartirishni rejalashtirayotganiga ishonchi komil.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqi talabiga bo‘ysunayotganini ochiqchasiga tan olmoqchi emas.
«Apple o‘z sabablariga ko‘ra USB-C ulagichiga o‘tishga qaror qilganini aytishni istayapti. Ishonchim komil, Apple buni tezkor quvvatlantirish va ma’lumotlarni tezkor uzatish, shuningdek, barcha gadjetlarni quvvatlantirishda yagona yondashuv muhimligi bilan izohlaydi», — deb xulosa qildi jurnalist.
Lightning ulagichi faqat Apple kompaniyasiga xos bo‘lib, boshqa ishlab chiqaruvchilarning gadjetlariga o‘rnatilmagan. Shuningdek, boshqa ishlab chiqaruvchilarning quvvatlantiruvchi qurilmalaridan ham Apple kompaniyasi gadjetlarida foydalanish imkonsiz. USB-C universal ulagichiga o‘tish bunday noqulaylikka barham berilishini nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi