Foto: Gagadget
Milliarder Ilon Mask olti oydan keyin uning Neuralink kompaniyasi miyaga o‘rnatiladigan chiplarni odamlarda klinik sinovdan o‘tkazishini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
So‘nggi yillarda Neuralink mazkur interfeysni hayvonlarda tajriba o‘tkazgan. Kompaniya uni odamlarni sinab ko‘rish uchun AQSH regulyatoriga ariza topshirgan. Neuralink odamni kompyuterga ulashning yuqori texnologiyasini taklif etadi. Jumladan, operatsiyani bajarish uchun bosh suyagini ochib, miya to‘qimalariga mini-elektrodlarni (chipni) birlashtirish zarur.
Foto: Neuralink
Kompaniya chipning yaroqlilik muddatini uzaytirish ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, Neuralink allaqachon ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan ko‘z implantlari va orqa miyasi shikastlangan bemorlarning harakatchanligini tiklay oladigan yechimlar ustida ishlamoqda.
Biroq chipning taqdimotida maymun o‘rnatilgan chip orqali kompyuterda matn tera olgani namoyish qilingan. Qurilma neyron impulslarini kompyuter o‘qiy oladigan ma’lumotlarga aylantirgan.
Kadr: Reuters
Mask bu texnologiya odamlar va texnologik mashinalar o‘rtasida ma’lumot uzatish imkonini berishiga umid qilmoqda Neuralink implantasi juda ixcham, tanga shaklidagi 23×8 millimetrdan iborat. Undan olingan ma’lumotlar megabit tezlikda va 10 metrgacha bo‘lgan diapazonda uzatiladi. Chip batareyasi sutka davomida ishlaydi. U tungi vaqtda magnit zaryadlash moslamasi yordamida quvvatlanadi. Neyrochipni implantatsiya qilish bo‘yicha operatsiya robotlashtirilgan bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?