08:00 / 08.07.2023
238

iPhone 15 Pro Max tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘ladi. U qanday afzalliklarga ega?

Foto: Bloomberg

2023 yilda Apple iPhone 15 ning eng qimmat versiyasi — Pro Max narxini oshiradi. Bu haqda taniqli insayder Jeff Puga tayanib, MacRumors xabar berdi.

AQSHda xuddi shu darajadagi joriy model (14 Pro Max) 1099 dollar turadi. Insayder yangi iPhone’ning Pro Max’dan tashqari boshqa modellari narxi o‘zgarishsiz qolishini aytmoqda. iPhone 15 Pro Max tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘lishi haqidagi mish-mishlar 2022-yil oxiridan beri tarqalib kelmoqda.

Kattaroq batareya va displeydan tashqari, iPhone 15 Pro Max 15 Pro’dan bitta katta farqqa ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu 5X yoki 6X zoomli periskop linzalardir. Hozirgi iPhone modellari rasmlarni faqat 3x kattalashtirishga qodir.

Periskop kameralar allaqachon Android smartfonlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Misol uchun, bunday modul Galaxy liniyasining flagmanlarida o‘rnatilgan. Ularning yordami bilan Samsung tasvirlarni sifatini yo‘qotmasdan optik kattalashtirish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, yangi iPhone’lar avgust oyida ommaviy ishlab chiqarilishi kutilmoqda, shuning uchun iPhone 15 taqdimoti an’anaga ko‘ra, sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Apple kompaniyasining yangi smartfonlar haqidagi kuzgi taqdimoti yaqinlashib borgan sari ko‘proq ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Jumladan iPhone 15 ning barcha modellari oshirilgan batareya quvvatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda.

IPhone 15

Shunday qilib, smartfonlarni qayta zaryadlamasdan ishlash muddati uzayishi mumkin. iPhone 15 Pro va iPhone 15 uchta yangi rangda – malina, “yalpiz” yashil va och ko‘kda chiqarilishi haqida ma’lumotlar bor.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 15 Pro Max tarixdagi eng qimmat iPhone bo‘ladi. U qanday afzalliklarga ega?